Daryo

Suriya armiyasi Isroil harbiy samolyoti urib tushirganini ma’lum qildi

Oldinroq Isroil aviatsiyasi Golan tepaliklarida Suriya hududidan uchirilgan snaryad portlaganidan so‘ng mazkur mamlakat hukumat kuchlari marralariga zarbalar berayotgani haqida xabar berilgandi

1 daqiqa o‘qish14 618 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: “TASS”

Suriya armiyasi Isroil harbiy samolyoti va uchuvchisiz uchish qurilmasini urib tushirganini ma’lum qildi. Hodisa Isroil Suriya janubida mamlakat qo‘shinlari marralariga hujum uyushtirganidan so‘ng ro‘y bergani bildirilmoqda. Bu haqda “RBK” xabar berdi.

Foto: “TASS”

SANA agentligi samolyot 13-sentabr, seshanba kuniga o‘tar kechasi Isroil bilan chegaradagi Golan tepaliklarida joylashgan Al-Kuneytra shahrida o‘qqa tutilgani, natijada havo kemasi va dron urib tushirilganini ma’lum qildi. 

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Isroil aviatsiyasi Golan tepaliklarida Suriya hududidan uchirilgan snaryad portlaganidan so‘ng mazkur mamlakat hukumat kuchlari marralariga zarbalar berayotgani haqida xabar berilgandi. 

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar