Rio shahrida davom etayotgan XV yozgi Paralimpiada o‘yinlarida O‘zbekiston delegatsiyasi oltinlari sonini 6 taga yetkazib oldi.
Festivalning to‘rtinchi kunida Fotima Omilova delegatsiyaning beshinchi oltin medalini qo‘lga kiritdi. 100 metrga brass usulida suzish musobaqasida o‘zbekistonlik sportchi 1:12.45 soniyalik natija ko‘rsatdi. Bu unga nafaqat Paralimpiada chempionligini taqdim etdi, balki jahon rekordini yangilashi uchun ham xizmat qildi.
Erkaklar o‘ratasida bellashuvlarda esa Firdavs Musabekov oltin medal bilan taqdirlandi. 1:04.94 soniyalik natija ko‘rsatgan Musabekov ukrainalik sportchi bilan bir xilda natija qayd etgani e’tiborga molik. Rio—2016 tashkilotchilari har ikki sportchiga ham 1 tadan oltin taqdim etdi.
Izoh (0)