Ucell kompaniyasi uch yildirki O‘zbekiston Milliy paralimpiya assotsiatsiyasi bilan hamkorlik yuritadi. Ushbu davr mobaynida birgalikda ko‘plab respublika musobaqalari va boshqa sport tadbirlari o‘tkazilib, paralimpiyachilar ajoyib natijalarni namoyish qildilar. Sportchilarimiz ibrati barchamizni qiyinchiliklar oldida taslim bo‘lmasdan, maqsad sari olg‘a intilishga ruhlantirmoqda.
Paralimpiyachilarimiz xalqaro musobaqalarda qatnashishlari arafasida Ucell kompaniyasi ijtimoiy tarmoqlarda “Rio g‘alabalari sari birgalikda!” shiori ostida fototanlov o‘tkazmoqda. Ushbu tanlov orqali Ucell barcha xohlovchilarga mamlakatimiz Paralimpiyachilari terma jamoasiga o‘zlarining samimiy tilaklarini izhor etish uchun qulay imkon yaratmoqda.
Shuningdek, kompaniya terma jamoamizning Rioda erishgan g‘alabalari va yuqori natijalari haqidagi eng so‘nggi yangiliklar bilan o‘rtoqlashadi va bu bilan bizning paralimpiyachi sportchilarimiz uchun faxr-iftixorimizni yanada oshirishga xizmat qiladi.
Ucell xodimlari yurtimiz Paralimpiyachilari terma jamoasini shaxsiy o‘rnaklari bilan qo‘llab-quvvatlashga qaror qilib, o‘z tilak va niyatlarini quyidagi manzilda ko‘rish mumkin bo‘lgan videomurojaatlarda bayon qildilar:
Ucell kompaniyasining Bosh direktori Tonu Gryunbergning sharhi: “Ucell kompaniyasi O‘zbekiston Milliy paralimpiya assotsiatsiyasi bilan uch yildan buyon yaqin hamkorlik olib borayotgani bilan faxrlanadi. Bizni mardlik va g‘alabaga intilishga asoslangan do‘stlik birlashtiradi. Ularning maqsad sari intiluvchanligi va yuqori natijalarga erishish yo‘lidagi kundalik sa’i-harakatlari faoliyatimiz uchun ibrat bo‘lmoqda. Mamlakatimizning ko‘plab fuqarolari tashabbusimizga qo‘shilib, samimiy niyat va tilak bildirishlari va bu bilan terma jamoamizni yuksak natijalar va yorqin g‘alabalarga ruhlantirishlariga umid qilamiz”.
O‘zbekiston Milliy paralimpiya assotsiatsiyasi bosh kotibi Omon Gafurovning sharhi: “Aslida juda katta ishlar amalga oshirildi va buning natijasida yurtimiz milliy terma jamoasi XV Paralimpiya o‘yinlarida quyidagi sport turlarida ishtirok etadi: dzyudo, yengil atletika, suzish, o‘q otish va pauerlifting. 2016-yil 30-avgustda O‘zbekiston delegatsiyasi yurtimiz vakillari, trenerlar va o‘ttiz ikki nafar paralimpiyachi sportchilarimizdan iborat tarkibda, o‘z mahoratlari, jasurligini namoyish qilish va Vatan sha’nini munosib himoya qilish uchun Rio-de-Janeyroga yo‘l oldilar. Sportchilarimizning yuqori natijalarni qo‘lga kiritib, yurt ishonchi hamda paralimpiya harakatini rivojlantirishga o‘z hissalarini qo‘shgan insonlar umidlarini oqlashlariga aminmiz”.
“Rio g‘alabalari sari birgalikda!” tanlovida ishtirok etish uchun postni belgilash va Ucell’ning Facebook, “Odnoklassniki” (OK.ru) ijtimoiy tarmoqlaridagi sahifalarida mualliflik fotosuratlarini O‘zbekiston milliy paralimpiya terma jamoasi sportchilariga samimiy tilaklar va dil izhorlarini ilova qilgan holda joylashtirish lozim.
Tanlov g‘oliblari qimmatbaho mukofotlar bilan taqdirlanadilar va paralimpiyachilarimiz Riodan qaytganlaridan so‘ng o‘tkaziladigan tabriklash tadbirlarida ishtirok etish imkoniga ega bo‘ladilar. Tanlov g‘oliblari eng ko‘p to‘plangan “Yoqdi” (Like) belgilarining miqdoriga qarab 2016-yil 16-sentabrga qadar aniqlanadi. Tanlovda qatnashish qoidalari bilan ushbu manzilda tanishish mumkin.
Reklama huquqi asosida