Xorvatiyada 11-sentabr, yakshanba kuni mahalliy vaqt bilan soat 7:00 da to‘qqizinchi chaqiriq parlamentiga muddatidan ilgarigi saylovlar boshlandi. Mamlakatda va xorijda saylovchilar uchun 6,9 ming saylov uchastkalari ochildi, deb xabar beradi “TASS”.
3,8 million fuqaro ushbu saylovlarda ovoz berish huquqiga ega bo‘lib, ularning 59,4 ming nafari mamlakat hududida doimiy yashamaydi. Gap asosan Bosniya va Gersogovina haqida ketmoqda — u yerdagi xorvatlar ikkita fuqarolikka ega.
Xorvatiyaning umumiy aholisi — 4,253 million kishi.
Saylovlarda 174 partiya va uch mustaqil ro‘yxatdan o‘rin olgan 2456 nomzod ishtirok etmoqda.
Ilgariroq Xorvatiya parlamenti o‘z-o‘zini tarqatib yuborish qarorini qabul qilgan edi. Qarorni 151 deputatdan 137 nafari yoqlab chiqdi.
Izoh (0)