AQSh savdo embargosi Kuba iqtisodiyotiga o‘tgan moliya yilida 4,6 milliard dollar zarar keltirdi. Bu haqda mamlakat tashqi ishlar vaziri Bruno Rodriges ma’lum qildi, deb xabar beradi “Kommersant.ru”.
“AQSh tomonidan Kubaga nisbatan joriy etilgan iqtisodiy qamal saqlanib qolmoqda. Qamal iqtisodiy muammolarning asosiy sababi bo‘lib, rivojlanishga to‘siq bo‘lib kelyapti”, — ta’kidladi Rodriges.
Vazir AQSh prezidenti Barak Obamani orolga iqtisodiy bosimni bo‘shashtirishga chaqirdi. U keltirgan ma’lumotlarga ko‘ra, 1959-yilda joriy etilganidan beri cheklov choralari Kuba iqtisodiyotiga jami 125,9 milliard dollar ziyon keltirdi.
Izoh (0)