Malayziya rasmiylari maktab o‘quvchilarining Zika virusi xuruji kuzatilayotgan Filippin va Singapurga borishini taqiqlab qo‘ydi. Bu haqda mamlakat ta’lim vaziri Maxzir Xolid ma’lum qildi, deb xabar beradi “TASS”.
“Mazkur mamlakatlarga borishni man etish haqidagi ko‘rsatma Malayziyadagi har bir maktabga yetkazildi. Ushbu chora Zika virusining Singapur va Filippindan tarqalishiga yo‘l qo‘ymaslikka qaratilgan”, — ta’kidladi Maxzir Xolid. U taqiq vaqtinchalik ekanligini bildirdi, biroq cheklovlar qachon bekor qilinishiga aniqlik kiritmadi.
Taqqoslash uchun, Malayziyada bugungi kunga kelib Zika virusiga chalinish bilan bog‘liq 4 ta holat qayd etildi. Singapurda esa bu ko‘rsatkich 300 tadan oshib ketdi.
Izoh (0)