Fransiyaning sobiq prezidenti Nikolya Sarkozi maxsus aksilterror sudi tashkil etishni taklif etdi. Bu haqda, Journal du Dimanche nashriga tayanib, “Kommersant.ru” xabar berdi.
“Gap fransuzlar hayoti haqida ketayotganda hech nima qilmasligimiz kerakmi? Men bunga qo‘shilolmayman. Chunki bugun masala navbatdagi hujum bo‘lish yoki bo‘lmasligi haqida emas, u aynan qachon ro‘y berishi haqida ketmoqda”, — ta’kidladi Sarkozi.
Shuningdek, sobiq prezident jangarilar bilan aloqalarda gumon qilinayotganlarni saqlash markazini ochishni taklif etdi. Terrorizm yoki terakt tashkil etishda ayblanib, hibsga olinganlarni esa u qamoqxonaning maxsus kamerasiga joylashtirish zarurligini aytdi.
Izoh (0)