Tanzaniyada yuz bergan yer silkinishi oqibatida 13 kishi qurbon bo‘ldi. Jabrlanganlarning soni 203 nafarga yetdi. Bu haqda, AFP ma’lumotiga tayanib, “Kommersant.ru” xabar berdi.
Avvalroq Tanzaniyaning shimoliy qismi, Viktoriya ko‘li hududida 5,7 magnitudali zilzila yuz berganligi ma’lum bo‘lgan edi. Yer osti silkinishlarining epitsentri Nsunga shahridan 20 kilometr sharqda, o‘chog‘i 10 kilometr chuqurlikda joylashgan.
Mahalliy mansabdorning so‘zlariga qaraganda, hozirgi paytda mamlakatdagi holat normallashgan, vaziyat nazorat ostida. Ba’zi odamlarga shifoxonalardan uyga ruxsat berilgan. Jabrlanuvchilar sonining oshishi kutilmayapti.
Politsiya qutqaruv operatsiyalari davom etayotganligini ma’lum qildi.
Izoh (0)