• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12524.92
    • RUB155.96
    • EUR14630.36
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +35°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    AQShdagi 9/11 teraktlari: fojia haqida faktlar (fotogalereya)

    2016-yil 11-sentabr kuni AQShda jahon tarixidagi mislsiz terrorchilik harakatlari amalga oshirilganiga 15 yil to‘ldi, deya xabar bermoqda “TASS”. Fojia qariyb 3 ming kishining hayotiga zomin bo‘ldi.

    Foto: AP

    Foto: AP

    Nyu-Yorkda ikkita Boeing 767 yo‘lovchi samolyoti Jahon savdo markazining 110 qavatli egizak binolariga kelib urildi, uchinchi samolyot — Boeing 757 Vashingtondagi AQSh mudofaa vazirligi binosiga qulab tushdi, to‘rtinchi samolyot esa (u ham Boeing 757) Pitsburg shahridan 80 mil nariga tushdi. Samolyotlar American Airlines va United Airlines aviakompaniyalariga tegishli bo‘lgan va xudkush terrorchilar tomonidan o‘g‘irlab ketilgan.

    Foto: AP

    Foto: AP

    Nyu-Yorkka yetkazilgan zarar qariyb 36 milliard dollarga teng bo‘ldi, JST minoralari joylashgan hududni tozalash ishlari sakkiz oydan ortiq davom etdi. Pentagonning vayron bo‘lgan g‘arbiy qanoti 2002-yil sentabrigacha qayta tiklandi.

    Foto: AP

    Foto: AP

    Ushbu hodisalar xotirasiga 11-sentabr AQShda Vatanparvarlik kuni va Ibodatlar kuni sifatida nishonlanadi. Butun mamlakat bo‘ylab mahalliy hukumat, universitet, maktab, jamoatchilik uyushmalari tomonidan tashkil qilingan xotirlash marosimlari, motam tadbirlari va xotira konsertlari bo‘lib o‘tadi. Federal binolarning barchasida shu kuni davlat bayroqlari tushiriladi.

    Foto: AP

    Foto: AP

    Terakt yuz bergan vaziyatni o‘rganish bilan AQShga terrorchilik hujumlari bo‘yicha milliy komissiya shug‘ullandi. Uning faoliyati natijasi sifatida 2004-yil iyulida ma’ruza chop etildi, unga ko‘ra, Amerika razvedka xizmatlari harakatlari koordinatsiyalanmagani tufayli teraktlar oldi olinmagan. 2004-yil avgustida AQSh prezidenti Jorj Bush Amerika razvedkasini isloh qilish haqida bir nechta farmon imzoladi.

    Foto: AP

    Foto: AP

    19 nafar xudkush terrorchilarning barchasining shaxsi aniqlandi — ular Misr, Saudiya Arabistoni, BAA va Livan fuqarolari bo‘lib chiqdi. Ular “Al-Qoida” terrorchilik tashkilotiga aloqador bo‘lib, AQShda qonuniy ravishda yashagan, ularning ba’zilari esa Amerika uchuvchilik maktablarida o‘qigan.

    Foto: AP

    Foto: AP

    2001-yil oktabrda AQSh va Buyuk Britaniyaning Afg‘onistondagi operatsiyasi boshlandi, uning maqsadi “Al-Qoida” bazalarini yo‘q qilish va uning boshlig‘i Usama bin Ladenni qidirib topishdan iborat bo‘ldi. “Birinchi raqamli xalqaro terrorchi” Usama bin Laden 2011-yil 2-mayga o‘tar kechasi Abbotobod shahrida AQSh maxsus xizmatlari operatsiyasi natijasida o‘ldirildi.

    Foto: AP

    Foto: AP

    2007-yil yanvarida Gamburgda Marokash fuqarosi Munir al-Mutasaddiq 15 yilga qamaldi, u 11-sentabrdagi teraktga tayyorgarlik ko‘rishda qatnashganlikda ayblandi. U “Al-Qoida”ning “Gamburg yacheykasi” bilan aloqada bo‘lgan, Jahon savdo tashkilotining egizak binolarini yo‘q qilgan xudkush uchuvchilar aynan shu guruhning a’zolari bo‘lgan.

    Foto: AP

    Foto: AP

    2006-yil mayida Vashinton yaqinidagi Aleksandriyada asli marokashlik Fransiya fuqarosi Zakaria Musaviy ustidan sud jarayoni yakunlandi, AQSh hukumati unga nisbatan teraktlarga aloqadorlik ayblovini ilgari surgandi. Musaviy umrbod qamoqqa mahkum etildi.

    2008-yil 5-iyunda Amerikaning Guantanamodagi harbiy bazasida (u yerda terrorchilar uchun maxsus turma bor) teraktlar tashkilotchisi Xalid Shayx Muhammad va uning to‘rt nafar sherigi ustidan sud jarayoni boshlandi. Ular terrorizm, samolyotlarni qo‘lga olish, ommaviy qirg‘in, fuqaro shaxslarga hujum qilish maqsadida til biriktirishda ayblanmoqda. Sud jarayoni bir necha marta boshlanib, bir necha marta to‘xtatildi.

    Foto: AP

    Foto: AP

    11-sentabr teraktlari terrorizmga qarshi kurash bo‘yicha xalqaro hamkorlikka sezilarli ta’sir o‘tkazdi. Xususan, mamlakatlarning global aksilterrorchilik koalitsiyasi yuzaga keldi, ular AQSh va Buyuk Britaniyaning Afg‘onistondagi operatsiyasini qo‘llab-quvvatladi.

    Xalqaro aksilterrorchilik hamkorligi uchun BMT Xavfsizlik Kengashining rezolyutsiyasi orqali qonuniy asos yaratildi, ushbu hujjatga ko‘ra, barcha mamlakatlar o‘z hududlarida terrorchilik operatsiyalari uchun to‘sqinlik yaratishi kerak.

    Foto: AP

    Foto: AP

    2002-yil 10-aprelda Terrorchilikni moliyalashtirishga qarshi kurash haqidagi xalqaro konvensiya kuchga kirdi. Hujjat 1999-yilda BMT Bosh Assambleyasi tomonidan qabul qilingan, ammo 11-sentabr voqealaridan keyin kuchga kirishi uchun zarur bo‘lgan miqdorda ratifikatsiyalarga ega bo‘lgan edi.

    Fojiadan so‘ng, shuningdek, Moliyaviy suiiste’molga qarshi kurash bo‘yicha xalqaro guruh BMT bilan terrorchilikka qarshi kurash borasida hamkorlikni kuchaytirdi.

    2001-yil dekabridan boshlab Yevroittifoq har yili terrorchilik tashkilotlarining qora ro‘yxatini e’lon qilib keladi.

    2015-yil iyunida Markaziy razvedka boshqarmasi 2001-yil 11-sentabr teraktlari bo‘yicha qator hujjatlarni oshkor qildi. Muassasa ta’kidlashicha, ularda gap “xizmatning teraktgacha bo‘lgan faoliyati” haqida boradi. Ular orasida qariyb 500 sahifali hisobot ham bo‘lib, unda teraktdan avvalroq agentlik oldida paydo bo‘lgan “tizimli muammolar” haqida hikoya qilinadi.

    11.09.2016, 09:55   Izoh (0)   171242
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Pokemon Go ikki oyda 500 mln dollar to‘plab, mutlaq rekord o‘rnatdi

    11.09.2016, 09:49

    Isroil aviatsiyasi Suriya hukumat kuchlari marralariga zarbalar berdi

    11.09.2016, 09:17

    Germaniyada yengil motorli samolyotlar to‘qnashuvida ikki kishi halok bo‘ldi

    11.09.2016, 09:15

    Texasda politsiyachi ayol bolaligida unga nisbatan zo‘ravonlikka qo‘l urgan kimsa hibsga olinishiga erishdi

    10.09.2016, 22:07

    46 million britaniyalik MasterCard’dan tovon puli olishga da’vogarlik qilishi mumkin

    10.09.2016, 21:56

    Rossiya IIV rahbarlaridan biri uyidan tintuv chog‘i 124 mln dollar topildi

    10.09.2016, 21:25
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    APEX BANKdan biznes uchun individual xizmat ko‘rsatish — bu qulaylik bilan biznes yuritish demakdir


    “Yangi O‘zbekiston” bog‘i yo‘llari yopilgani haqidagi xabarlar asossiz 


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Namangan, Farg‘ona va Andijon Pepsi Music Fest quvvati bilan birlashdi!


    Suvchilar maktabi — Prezident tashabbusining amaliy natijasi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    #BirBirimizga: O‘zbekistondagi e’lonlar xizmati qanday qilib har bir narsaga ikkinchi umr beruvchi kampaniyani ishga tushirdi


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Onix 100 million so‘m keshbek aksiyasini qayta yo‘lga qo‘ydi 


    Yengillik kuch bilan birlashganda: 2025-yilning talabalar uchun mo‘ljallangan to‘rtta ASUS noutbuki 


    Way II kompaniyasi o‘z investorlariga dividend to‘lovlarini amalga oshirdi


    “Bog‘ibaland”da anjir sayli: Samarqandda milliy meva bayrami bo‘lib o‘tdi 


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!

     

    Tavsiya etamiz

    AQSH prezidenti 6 ta urushni to‘xtatganini da’vo qildi. Aslidachi?

    20 avgust, 11:05
    Audio Icon

    Kichik xonada istiqomat, saraton tashxisi va tarixiy rekord. Hamzat Chimayevning chempionlikka qadar bosib o‘tgan mashaqqatli yo‘li haqida

    19 avgust, 14:57

    Belgiya maktablarida telefondan foydalanish taqiqlanadi

    19 avgust, 11:31

    “Skibidi”, “delulu”: Kembrij lug‘atiga TikTok’da mashhur bo‘lgan o‘smirlar so‘zlari qo‘shildi

    19 avgust, 10:36
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Buyuk Britaniyada erkak o‘rgimchak chaqishidan vafot etdi

    Dunyo | 20 avgust, 12:36

    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi

    Reklama | 20 avgust, 12:00

    Ukrainaga 10 ga yaqin davlat qo‘shin yubormoqchi — Bloomberg

    Dunyo | 20 avgust, 12:13

    “Qoyil qolmay iloj yo‘q”. Malika Diana paparatssilar ta’qib qilmasligi uchun qanday ayyorona usul o‘ylab topgan?

    Shou-biznes | 20 avgust, 11:57

    Xodimlarga nisbatan o‘rinsiz so‘zlar ishlatgan “Andijon suv ta’minoti” direktoriga chora ko‘rildi

    O‘zbekiston | 20 avgust, 11:55

    Nigeriyadagi masjidda namoz vaqti 27 kishi o‘ldirib ketildi

    Dunyo | 20 avgust, 11:43

    “Tottenhem” Son Hyon Minga o‘rinbosar topdi

    Sport | 20 avgust, 11:43

    “Butirka”, Suxanovsk va Toshturma – SSSRdagi eng qo‘rqinchli qamoqxonalar

    Dunyo | 20 avgust, 11:30
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.