Qozog‘istonda terrorchilarga nisbatan o‘lim jazosiga moratoriyning bekor qilinishi haqidagi xabarlar haqiqatga mos kelmaydi. Ekstremizmga qarshi kurashish to‘g‘risidagi qonun loyihasini tayyorlashda bu masala ko‘rib chiqilmadi, deb xabar beradi “RIA Novosti” respublika bosh prokurori o‘rinbosari Andrey Kravchenkoning bayonotiga asoslanib.
7-sentabr kuni parlament quyi palatasining xalqaro munosabatlar, mudofaa va xavfsizlik bo‘yicha raisi Mavlon Ashimboyev ko‘rib chiqilayotgan qonun loyihasidan ko‘zlangan maqsad terrorchilik va ekstremizmga, qurol-yarog‘ oldi-sotdisiga qarshi kurashish va migratsiyani nazorat qilish choralarini takomillashtirish ekanligini aytib o‘tdi.
Yangi qonun loyihasi terrorchilarga nisbatan o‘lim jazosi qo‘llanilishini ko‘zda tutish-tutmasligi haqidagi savolga javob berarkan, Kravchenko bunday me’yor hujjatda aks etmaganini bildirdi.
Izoh (0)