Moldovaning Kaushani shahrida politsiya echkilar podasini qo‘lga olib, ularni bo‘linmaga olib ketishga majbur bo‘ldi, deya xabar bermoqda Meduza.
Jonivorlarning ustidan mahalliy aholi vakili shikoyat qilgan — echkilar uning hovlisiga kirib kelib, yo‘lidan chiqqan hamma narsani yeb ketgan.Hodisa joyiga yetib kelgan politsiyachilar podaning egasini topa olmagan, shu sababli barcha jonivorlarni o‘zi bilan olib ketgan.
Echkilar tunni shahar politsiya bo‘linmasida o‘tkazgan. Podaning egasi topilmasa, uning taqdiri qanday kechishi noma’lum.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)