Parijda oktabr oyi o‘rtalarida qochoqlar uchun birinchi lager ochiladi. Bu haqda shahar meri Ann Idalgo ma’lum qildi, deya xabar beradi “Kommersant.ru”.
Rasmiylarga ko‘ra, qochoqlar lagerda besh kundan o‘n kungacha bo‘lishi, shu vaqt mobaynida tibbiy va ruhiy yordam olishi mumkin. Ikki korpus qurilishi ko‘zda tutilgan. Parij shimolidagi eski temir yo‘l stansiyasida erkaklar uchun, Ivri-syur-Sen shahrida ayollar va bolalar uchun korpus ishga tushiriladi.
Izoh (0)