AQSh rahbari Barak Obamani fohishaning o‘g‘li deb atagan Filippin prezidenti Rodrigo Duterte so‘zlaridan afsusda ekanligini ma’lum qildi. Bu haqda AFP ma’lum qildi, deya xabar bermoqda “TASS”.
“U (Rodrigo Duterte) bunday mojaroga sabab bo‘lgan so‘zlaridan afsusda”, — deyiladi Filippin hukumati kommyunikesida.
Eslatib o‘tamiz, Filippin prezidenti Rodrigo Duterte 5-sentabr kuni Laosda o‘tadigan Sharqiy Osiyo sammiti arafasidagi matbuot anjumanida amerikalik hamkasbi Barak Obamani fohishaning o‘g‘li deb atab, unga inson huquqlari bo‘yicha maslahatlari bilan “har yerga burun tiqmaslik”ni maslahat berdi.
Keyinroq Oq uy qoshidagi milliy xavfsizlik kengashi rasmiy vakili Ned Prays Barak Obama uni haqorat qilgan Filippin prezidenti bilan uchrashmasligini ma’lum qildi. Buning o‘rniga u 6-sentabr kunining ikkinchi yarmida Koreya Respublikasi prezidenti Pak Kin Xe bilan uchrashadi.
Izoh (0)