Liviya milliy birdamlik hukumati nazorati ostidagi qo‘shinlar IShID guruhining Sirt shahridagi so‘nggi tayanch nuqtalariga hujumni davom ettirmoqda. Ularning aksariyat rahbarlari yo‘q qilindi yoki asirga olindi, deya xabar beradi “TASS”.
Ekstremistlarning ikki yetakchisi mazkur shahar uchun janglar davomida oxirgi kunlarda o‘ldirildi. Ikki jangari — Yunus at-Tarxuniy va Xassuna al-Farjoniy Sirtning markaziy dahalaridagi to‘qnashuvlarda yo‘q qilindi.
Shuningdek, yetakchilardan yana biri Abu Hattob as-Suriy 5-sentabr, dushanbaga o‘tar kechasi shahardan 180 kilometr sharqda joylashgan Bin Javod aholi punktida qo‘lga olindi.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)