BMT bosh kotibi Pan Gi Mun O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov vafotidan chuqur qayg‘uda. U o‘z bayonotida marhumning oilasi, shuningdek, O‘zbekiston hukumati va xalqiga hamdardlik bildirdi, deya xabar beradi “Gazeta.uz”.
“BMT bosh kotibi Prezidentning O‘zbekiston va BMT o‘rtasida mustahkam sheriklik o‘rnatilishi, mintaqaviy va global tinchlik hamda xavfsizlik ta’minlanishidagi harakatlarini e’tirof etdi”, — deya ta’kidladi xalqaro tashkilot matbuot kotibi.
Pan Gi Mun Islom Karimov 2009-yili kuchga kirgan Markaziy Osiyoda yadro qurolidan xoli hudud haqidagi shartnomani faol ravishda ilgari surganini eslatib o‘tdi. Bosh kotib BMT kelgusida ham O‘zbekiston hukumati va xalqi bilan uzviy hamkorlikka tayyorligini bildirdi.
Izoh (0)