Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisi Nig‘matilla Yo‘ldoshevga O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov vafoti munosabati bilan hamdardlik yo‘lladi. Bu haqda Ozarbayjon rahbari saytida xabar qilindi, deya ma’lum qiladi “Gazeta.uz”.
Ilhom Aliyevning qayd etishicha, Ozarbayjonda mustaqillik yillari ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlarning shakllanishi va rivojlanishiga ulkan hissa qo‘shgan Islom Karimovni haqiqiy do‘st sifatida bilar va chuqur hurmat qilishardi.
“Ushbu qayg‘uli soatlarda og‘ir va o‘rnini qoplab bo‘lmas yo‘qotish munosabati bilan Ozarbayjon xalqi va o‘z nomimdan Sizga, Islom Karimovning qarindoshlari va yaqinlari, qardosh O‘zbekiston xalqiga hamdardlik izhor etaman. Islom Karimovning yorqin xotirasi qalblarimizda doim saqlanib qoladi”, — deyiladi hamdardlik maktubida.
Izoh (0)