Turkiyaning janubi-sharqidagi Van viloyatini Tendyurek tumanida qurolli to‘qnashuvlarda 8 nafar harbiy xizmatchi halok bo‘ldi. Hodisa 2-sentabr, juma kuni ro‘y berdi. Bu haqda viloyat ma’muriyati ma’lum qildi, deya xabar beradi “RIA Novosti”.
“Tendyurek tumanida Kurdiston ishchi partiyasi jangarilari bilan yuz bergan to‘qnashuvda uch zobit va besh serjant halok bo‘ldi. 8 nafar harbiy xizmatchi jarohat oldi. 11 nafar jangari yo‘q qilindi”, — deyiladi ma’muriyat xabarida.
Jangovar aviatsiya ishtirokidagi operatsiya davom etmoqda.
Izoh (0)