O‘zbekistondagi barcha ta’lim maskanlarida 4-sentabr kuni O‘zbekiston Birinchi Prezidenti Islom Karimovning porloq xotirasiga bag‘ishlangan “Xotira darslari” bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
Birinchi Prezidentning Vatan ravnaqi, xalq oldidagi xizmatlarini yodga olish maqsadida tashkil etilgan mazkur darslarda turli vazirlik va idoralar, jamoat tashkilotlarining mutasaddilari, professor-o‘qituvchilar, ma’naviyat targ‘ibotchilari, tarixchi olimlar, yozuvchi va shoirlar ishtirok etdi.
O‘quvchilar Birinchi Prezidentning tarjimai holi bilan tanishtirilgach, maxsus monitorda namoyish etilgan filmda Islom Karimovning O‘zbekiston mustaqilligining asoschisi, mamlakat mustaqil taraqqiyot dasturini ishlab chiqqan va milliy taraqqiyot yo‘lini belgilab bergan atoqli davlat arbobi, O‘zbekistonda amalga oshirilgan ulkan islohotlar, tarixiy o‘zgarishlarning tashabbuskori va rahnamosi sifatidagi xizmatlari haqida so‘z yuritildi.
O‘zbekistonning barcha ta’lim maskanlarida bo‘lgani kabi akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida o‘tgan “Xotira darslari”da ham Birinchi Prezidentning O‘zbekiston buyuk kelajagi, tinchligi va osoyishtaligi, xalq farovonligi yo‘lidagi fidokorona mehnatlari haqida hikoya qilindi.
Jumladan, Toshkent temir yo‘l muhandislari institutida ham “Xotira darslari” zamonaviy axborot, pedagogik texnologiyalardan keng foydalanilgan holda hayotiy misollar yordamida o‘tildi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)