Belgiya qiroli Filipp O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov vafoti munosabati bilan hamdardlik izhor etdi, deya xabar bermoqda “Jahon” axborot agentligi.
“Men O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Islom Karimov Janobi Oliylarining o‘limi haqidagi xabardan chuqur qayg‘uga tushdim”, — deyiladi xat matnida.
Belgiya monarxi ushbu og‘ir judolik fursatida butun O‘zbekiston xalqiga o‘zining chuqur hamdardligini bildirdi.
Izoh (0)