O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov vafoti, shuningdek, mamlakatda uch kunlik motam e’lon qilingani munosabati bilan Respublikaning xorijdagi barcha diplomatik missiya va konsullik muassasalarida 3-sentabr, shanbadan boshlab hamdardlik kitoblari ochildi. Binolar oldida davlat bayroqlari tushirildi. Bu haqda “Jahon” axborot agentligi xabar bermoqda.
Chet el hukumat va parlament a’zolari, siyosiy, madaniy, ilmiy-akademik va tadbirkorlik doiralari, jamoat tashkilotlari vakillari, oddiy fuqarolar o‘zbek xalqiga chuqur hamdardlik belgisi sifatida erta tongdan gullar keltirmoqda va mazkur kitoblarda yozuvlar qoldirmoqda.
Izoh (0)