Apple bosh ijrochi direktori Tim Kuk Yevropa komissiyasining korporatsiyaning Irlandiyada qo‘shimcha ravishda 13 milliard yevro miqdorida soliq to‘lashi haqidagi qarorini siyosiylashtirilgan va nohak qaror deb baholadi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.
Irlandiyaning RTE telekompaniyasiga bergan intervyusida Kuk qaror Apple foydasiga qayta ko‘rib chiqilishiga umid bildirdi.
“Biz qonunga xilof ish qilmadik, Irlandiya hukumati ham qonunga xilof ish qilmadi”, — ta’kidladi u.
Uning qo‘shimcha qilishicha, kompaniyalar bu kabi ayblovlardan norozi hamda Yevrokomissiyaning hisob-kitoblarini shubha ostiga olmoqda.
Izoh (0)