iOS tizimida ishlaydigan smartfon va planshetlar egalari Instagram ijtimoiy tarmog‘iga joylangan fotosuratlar va videolarni kattalashtirib ko‘rish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Bu haqda servisning Twitter’dagi rasmiy akkauntida ma’lum qilindi, deb yozadi “TASS”.
Foto yoki video barmoqlar bilan ikki tomonga surilganda, kattalashadi, qo‘lni ekrandan olgach esa, tasvir yana o‘z standart hajmiga qaytadi.
Yangi funksiya “asta-sekinlik bilan yoqilayotgani” tufayli, iPhone va boshqa iOS-qurilmalarning barchasida ham mavjud emas. Android’da esa fotosuratlarni kattalashtirish imkoniyati “yaqin haftalar ichida” paydo bo‘ladi.
Izoh (0)