Apple korporatsiyasi yangi qurilmalar taqdimotiga bag‘ishlangan tadbirini 7-sentabr kuni o‘tkazadi. Bu haqda Apple’dan taklifnoma olgan CNBC xabar berdi, deb yozadi “RBK”.
Taklifnomada aytilishicha, tadbir San-Fransiskoda mahalliy vaqt bilan 10:00 da bo‘lib o‘tadi. Tadbirda yangi iPhone taqdim etilish-etilmasligiga aniqlik kiritilmagan.
Kompaniya yangi, iPhone 7 deb nomlanishi taxmin qilinayotgan smartfonni, shuningdek, Apple Watch 2 va yangi MacBook Pro’ni namoyish etishi kutilmoqda.
BREAKING: Apple sends out invites for a Sept. 7 event pic.twitter.com/DaJG0M81Tz
— CNBC Now (@CNBCnow) August 29, 2016
Izoh (0)