Avstraliyalik olimlar jadvallar bilan ishlash bo‘yicha ommabop dastur Microsoft Excel’ni ilmiy ishlarda tizimli xatolar qilishda aybladi, deb yozadi “Korrespondent.net”.
Genetika bo‘yicha chop etilgan 3,5 mingta ilmiy ish tahlil qilib chiqilgach, ularning har beshinchisi Excel bilan bog‘liq xatolarga ega ekanligi aniqlandi.
Sabab sifatida olimlar ba’zi belgi va ishoralar sanaga aylantirib yuborilishini aytdi.
Masalan, Septin 2 genining nomini Sept2 deb qisqartirish qabul qilingan, dastur esa oxir-oqibat, uni “2-sentabr”ga (September 2) aylantiradi. Ma’lumot raqam sifatida saqlanadi (ushbu holatda 42615), va agar yacheyka operatsiyalarda qo‘llanilsa, ularda aynan shu raqam qatnashadi.
O‘z navbatida, Microsoft kompaniyasi Excel keng tarqalgan ma’lumotlar formatlari bilan ishlash uchun yaratilganini eslatib, kamyob formatlar uchun esa sozlamalarni o‘zgartirish kerakligini ta’kidladi.
Izoh (0)