• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12591.57
    • RUB153.82
    • EUR14545.78
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +25°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Prezident Islom Karimov O‘zbekiston xalqiga mustaqillikning 25 yilligi munosabati bilan bayram tabrigini yo‘lladi

    Prezident Islom Karimov O‘zbekiston xalqiga mustaqillikning 25 yilligi munosabati bilan bayram tabrigini yo‘lladi. Tabrik matnini O‘zA taqdim etdi.

    Foto: O‘zA

    Foto: O‘zA

    Aziz vatandoshlar!

    Mamlakatimizning ko‘p asrlik tarixida mutlaqo yangi sahifa ochgan, el-yurtimizni mustabid tuzum kishanlaridan ozod qilib, erkin va farovon hayot qurish yo‘lini ochib bergan O‘zbekiston davlat mustaqilligining 25 yillik bayrami bilan barchangizni, butun xalqimizni chin qalbimdan tabriklayman.

    Qadrli do‘stlar!

    Barchamizga ayonki, mustaqillik hech qaysi xalq, hech qaysi millat tarixida osonlik bilan qo‘lga kiritilgan emas. Bu haqiqatni chuqur anglaydigan xalqimiz shu kurashda fidoyilik ko‘rsatgan, qurbon bo‘lgan ota-bobolarimizning xotirasini qalbida abadiy saqlaydi.

    Ayni shu kunlarda o‘zini oqlamagan eski tuzumdan yangi tizimga o‘tish davrini eslar ekanmiz, boshimizdan kechirgan mashaqqatli kunlar va og‘ir sinovlar beixtiyor ko‘z o‘ngimizdan o‘tadi.

    Ayniqsa, sobiq tuzum asoratlari tufayli respublikamizda ahvol naqadar xatarli tus olganini, avvalo ta’minot masalasi butunlay izdan chiqib, xalqimizni boqish uchun bor-yo‘g‘i bir hafta-o‘n kunga yetadigan un zaxirasi qolgani, tartib-intizom bo‘shashib, turli qo‘poruvchi va g‘alamis kuchlar bosh ko‘tarib, yurtimiz deyarli jar yoqasiga kelib qolgani misolida tasavvur qilish qiyin emas.

    Ana shunday o‘ta tahlikali vaziyatda ham biz o‘z tanlagan yo‘limizdan — mustaqillik yo‘lidan qaytmadik. Chunki biz yaxshi tushunardik — hayot-mamotimiz hal bo‘layotgan ayni shunday damlarda qiyinchilik va to‘siqlar oldida bo‘sh kelish — bu hozirgi va kelajak avlodlar oldida xiyonat qilish bilan barobar bo‘lur edi.

    Ayni shu paytlarda xalqimiz o‘zining qat’iyati va matonatini amalda namoyish etib, O‘zbekistonimizning yorug‘ va buyuk kelajagiga ishonchini yo‘qotgani yo‘q va, inshoollo, hech qachon yo‘qotmaydi.

    Haqiqatan ham, mustaqillikning birinchi kunlaridanoq, ahvolimiz qanday og‘ir va xavf-xatarli bo‘lmasin, har qadamda paydo bo‘layotgan to‘siq va g‘ovlarni, turli muammolarni yechish bilan band bo‘lishdan qat’i nazar, mamlakatimizning bugungi kuni va istiqboliga javob beradigan, chuqur o‘ylangan strategiyamiz ustida ishimizni to‘xtatganimiz yo‘q.

    Biz oldimizga qo‘ygan buyuk maqsadlarga erishishda — erkin, demokratik davlat qurish, bozor iqtisodiyotiga o‘tish, fuqarolik jamiyatini barpo etishda, mamlakatimizni taraqqiy topgan davlatlar qatoriga ko‘tarish yo‘lida shoshma-shosharlik va pala-partish ishlarga yo‘l qo‘ymadik, jahondagi ilg‘or tajribalarni o‘rganib, lekin kimdandir ko‘r-ko‘rona nusxa olganimiz yo‘q. Bu borada chuqur ma’noga ega bo‘lgan “Islohot — islohot uchun emas, avvalo inson uchun” degan g‘oya asosida el-yurtimizga xos xususiyatlar, shart-sharoitlarga mos bo‘lgan, xalqaro maydonda “o‘zbek modeli” deb tan olingan, uzoqni ko‘zlagan yo‘lni o‘zimizga ma’qul topdik va uni amalga oshirishga kirishdik.

    Biz tanlagan yo‘l — mashhur besh prinsipga asoslangan taraqqiyot strategiyasi naqadar to‘g‘ri ekanini og‘ir sinovlardan o‘tib, mamlakatimiz rivoji uchun mustahkam zamin bo‘lib qolganini hayotimizning o‘zi isbotlab bermoqda. Buning tasdig‘ini mustaqillikka erishganimizning dastlabki kunlaridan boshlab eng o‘tkir va hal qiluvchi masala — zamon talabiga javob beradigan yangi avlod kadrlarini tayyorlash vazifasi misolida yaqqol kuzatish mumkin.

    Agarki biz 19 yil oldin eski qolip va asoratlardan voz kechib, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi va uning uzviy davomi bo‘lgan Maktab ta’limini rivojlantirish umummilliy dasturini qabul qilib, ta’lim-tarbiya tizimini tubdan o‘zgartirmasak, buning uchun davlatimiz va butun jamoatchiligimizning kuch va imkoniyatlarini safarbar etmasak, bugungi ahvolimiz qay darajada bo‘lishini tasavvur qilish qiyin emas.

    Hech ikkilanmasdan aytishga barcha asoslarimiz bor — hozirgi kunda litsey va kollejlarni, oliy o‘quv yurtlarini bitirib chiqayotgan, hayotga yangicha qaraydigan ming-minglab yoshlarimiz biz uchun, kelajagimiz uchun tog‘dek tayanch bo‘lib, mamlakatimizda olib borilayotgan barcha islohotlarning tashabbuskori va ijrochisi bo‘lib maydonga chiqmoqda.

    Vatanimizning kelajagi va taqdirini o‘z qo‘liga olishga qodir bo‘lgan bunday yangi avlodni tarbiyalashga qaratilgan dasturlarni o‘z vaqtida qabul qilganimiz va davlat siyosati darajasiga ko‘targanimiz yangi jamiyat qurishimizda haqiqatan ham hal qiluvchi rol o‘ynamoqda.

    Tarixan qisqa davrda O‘zbekiston ilgarigi o‘zini boqishga, o‘zini himoya qilishga qurbi yetmagan, iqtisodiyoti biryoqlama rivojlangan, paxta yakkahokimligi halokatli tus olib, aholining hayot darajasi g‘oyat achinarli ahvolga tushib qolgan qoloq respublikadan bugungi kunda tez va barqaror sur’atlar bilan taraqqiy etib borayotgan, jahon hamjamiyatida o‘ziga munosib o‘rin egallagan, qudratli davlatga aylanib bormoqda, desak, ayni haqiqatni aytgan bo‘lamiz.

    Mustaqillik yillarida iqtisodiyotimiz qariyb 6 barobar o‘sdi, uning tarkibida sanoatning ulushi 14 foizdan 34 foizga yetdi, jahon miqyosidagi global moliyaviy-iqtisodiy inqiroz davom etayotganiga qaramasdan, yalpi ichki mahsulotimizning o‘sish sur’atlari oxirgi 11 yil davomida kamdan-kam davlatlar qatorida 8 foizdan kam bo‘lmasdan kelmoqda. Aytish kerak, 2016-yilning birinchi yarmi yakunlari bo‘yicha hisob-kitoblar shuni ko‘rsatmoqdaki, joriy yilda ham o‘sish sur’atlarimiz bundan past bo‘lmaydi.

    Eng muhimi, o‘tgan davr mobaynida odamlarimizning salomatligi mustahkamlanib, onalar o‘limi 3,2 barobar, bolalar o‘limi 3,4 barobar kamaygani, o‘rtacha umr ko‘rish darajasi 66 yoshdan 73,5 yoshga, ayollar o‘rtasida 76 yoshga uzaygani, aholimizning soni 2016-yilning oxirigacha 32 milliondan oshib ketishi, ya’ni mustaqillik yillarida xalqimiz 12 millionga ko‘paygani bizning qanday katta yuksalish yo‘lini bosib o‘tganimizni, el-yurtimizning hayot sifati va farovonligi o‘sib borayotganini yaqqol tasdiqlaydi.

    Bularning barchasi avvalo mard va matonatli xalqimizning qahramonona mehnati evaziga amalga oshirilmoqda va mamlakatimiz o‘zining barqaror rivojlanish sur’atlari bilan xalqaro jamoatchilikni hayratda qoldirmoqda.

    Muhtaram yurtdoshlar!

    Barchamiz yaxshi tushunamiz — biz erishayotgan ulkan marra va natijalar ko‘zlagan maqsadlarimizning faqat ma’lum bir qismini tashkil etadi.

    Hozirgi vaqtda tez sur’atlar bilan o‘zgarib borayotgan davr, dunyo bozorlarida noaniqlik, beqarorlik va inqiroz davom etayotgani, raqobat kuchayib, shafqatsiz tus olayotgani, xomashyo narxining pasayib borayotgani — bunday holatlar barchamizdan, avvalo, rahbarlik va yetakchi lavozimlarda o‘tirgan shaxslardan eski qarash va yondashuvlardan, ish uslublaridan butunlay voz kechib, yangicha fikrlashni, ishni tashkil qilish va boshqaruv tizimini zamon talablari darajasiga ko‘tarishni taqozo etmoqda.

    Eng avvalo, mamlakatimizni demokratik yangilash, modernizatsiya qilish, uning raqobatdoshligini oshirish yo‘lida boshlagan islohotlarimizni davom ettirish, iqtisodiyotimizda tarkibiy o‘zgarishlarni chuqurlashtirish va unda davlat ishtirokini kamaytirish, xususiy mulkning ulushini kengaytirish va uning ustuvorligini ta’minlash vazifalari hal qiluvchi o‘rin tutishi zarur. Shular qatorida xususiy tadbirkorlik va kichik biznes samarasini oshirish, xorijiy investitsiyalar hajmini ko‘paytirish, zamonaviy, yuqori texnologiyalarni joriy etish maqsadida mamlakatimizda yaratilgan imtiyozlarni yanada kengaytirish vazifalari doimo e’tiborimiz markazida turishi darkor.

    Bugungi kunda yaqin va uzoq atrofimizda qarama-qarshilik va ziddiyatlar kuchayib, turli mojaro va qon to‘kishlar davom etayotgani, terrorizm, ekstremizm va narkotrafik xavfi tobora keskinlashib borayotgani har birimizni tashvishga solmasdan qo‘ymaydi va barchamizdan hamisha hushyor va ogoh bo‘lib yashashni talab etadi.

    Vujudga kelayotgan mana shunday murakkab sharoitda O‘zbekistonimizning xavfsizligini, chegaralarimiz daxlsizligini ta’minlash, turli balo-qazolarni ostonamizga yo‘latmaslik, yurtimizda hukm surayotgan millatlar va fuqarolararo hamjihatlik, o‘zaro hurmat, mehr-oqibat muhitini ko‘z qorachig‘idek saqlash, “Bizga tinchlik va omonlik kerak” degan ezgu da’vatni barchamizning burchimiz va ustuvor vazifamiz sifatida amalga oshirishimiz zarur.

    O‘zbekistonda olib borilayotgan tashqi siyosatning asosiy yo‘nalishlari sifatida biz boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik va paydo bo‘layotgan qarama-qarshilik va ziddiyatlarni tinch, siyosiy kelishuvlar yo‘li bilan yechish tarafdorimiz.

    Turli harbiy-siyosiy blok va alyanslarga qo‘shilmaslik, yurtimiz hududida chet davlatlarning harbiy bazalari joylashtirilishiga va harbiylarimizning chegaralarimizdan tashqaridagi hududlarda bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslikni o‘zimiz uchun ma’qul deb bilamiz.

    Biz mustaqillik yillarida yaqin va uzoq qo‘shnilarimiz bilan o‘zaro hurmat, o‘zaro manfaatlarni tan olish asosida olib borayotgan aloqalarimizni, avvalo hamkorlik va hamjihatlik munosabatlarini mustahkamlashga harakat qilib kelganmiz va ayni shunday siyosatni davom ettirishga tayyormiz.

    Aziz vatandoshlar!

    Shu kunlarda butun xalqimiz Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahrida bo‘lib o‘tgan XXXI yozgi Olimpiada o‘yinlarida 4 ta oltin, 2 ta kumush, 7 ta bronza medalini qo‘lga kiritib, buyuk g‘alabaga erishgan sportchi yoshlarimizni qizg‘in qutlamoqda. Dunyodagi 206 ta mamlakatdan kelgan manaman degan sportchilar bilan bo‘lgan keskin bellashuvlarda o‘g‘lonlarimizning ko‘rsatgan mardligi va fidoyiligi, mahorati va matonati, ona Vatanimizga muhabbati ming-minglab yoshlarimiz uchun haqiqiy ibrat namunasi bo‘ldi, deb g‘urur va iftixor bilan baralla aytishga barchamiz haqlimiz.

    Vatanimiz bayrog‘ini baland ko‘tarib, O‘zbekiston yoshlarining dunyoda hech kimdan kam emasligini butun jahonga namoyish etgan mohir sportchilarimizga, ularning ota-onalari, ustoz-murabbiylariga, milliy olimpiya terma jamoamizning barcha a’zolariga chin qalbimdan chuqur minnatdorlik bildiraman.

    Siz, yoshlarimizga, mening aziz farzandlarimga qaratib aytmoqchiman: bo‘sh kelmang, azizlarim, davr bizniki, marra bizniki!

    Qadrli va muhtaram vatandoshlarim!

    Sizlarni, butun xalqimizni Mustaqillik kuni bilan yana bir bor tabriklab, barchangizga tinchlik-omonlik, baxtu saodat, xonadonlaringizga, el-yurtimizga fayzu baraka tilayman.

    Barcha ezgu ishlarimizda Yaratganning o‘zi qo‘llasin, o‘zi madadkor bo‘lsin!

    Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo, xalqimiz omon bo‘lsin!

    Mustaqilligimiz abadiy bo‘lsin!

    31.08.2016, 19:48   Izoh (0)   283164
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Lola Karimova-Tillayevaning bayram tabrigi, Toshkentga yetib kelgan “Orzu layneri”, 26,8 mln yevrolik O‘zbekiston futbol termasi va kunning boshqa muhim yangilikla...

    31.08.2016, 19:16

    “Ona yurt” qo‘shig‘i bilan tanilgan Jasur Rizayev Toshkent davlat stomatologiya instituti rektori etib tayinlandi

    31.08.2016, 18:30

    Namanganda 25 nafar kelin-kuyovning nikoh to‘yi nishonlandi

    31.08.2016, 16:51

    O‘zbekiston va Qirg‘iziston ishchi guruhlari ikki davlat chegarasining ayrim hududlarini tekshiruvdan o‘tkazdi

    31.08.2016, 16:36

    Foto: “Orzular kemasi” “Toshkent” xalqaro aeroportiga qo‘ndi

    31.08.2016, 15:40

    Lola Karimova-Tillayeva: Sizning samimiy tilaklaringiz va ezgu niyatlaringiz otamning shifo topishlarida yordam bermoqda, deb ishonaman

    31.08.2016, 13:02
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    Vaqt sinovidan o‘tgan tarmoq: 33-yillik faoliyat, 12 million foydalanuvchi tanlovi va mobil aloqaning yangi arxitekturasi


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    Sug‘urta sohasidagi uzoq kutilgan islohotlar: manfaatlar qonun himoyasida 


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    OKMKda yangi sulfat kislota sexi qurilmoqda


    O‘zbekistonda tibbiy sug‘urta nima uchun zarur: shifokor qarashi va Neo Insurance tajribasi


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 

     

    Tavsiya etamiz

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
    Audio Icon

    Andijoncha hotamtoylik: “Dunyo sadolari”ga sarflanayotgan milliardlar va shubhali shartnomalar

    24 iyul, 21:25

    “Rossiya allaqachon katta og‘alik maqomini yo‘qotib bo‘ldi”. Ukraina urushi postsovet hududida nimalarni o‘zgartirdi?

    24 iyul, 15:15
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Dunyoning 15 ta davlati TIV rahbarlari Falastin davlatini tan olish jarayonini qo‘llab-quvvatladi

    Dunyo | 30 iyul, 23:50

    Biatlon bo‘yicha ikki karra Olimpiada chempioni Pokiston tog‘larida halok bo‘ldi

    Dunyo | 30 iyul, 23:30

    Tramp ukrainalik qochqinlarga urush tugaguncha AQSHda qolishga ruxsat berdi

    Dunyo | 30 iyul, 23:15

    Hindistonda 12 yil avval ishlangan filmning finali sun’iy intellekt orqali yaratiladi va qayta namoyish etiladi

    Kino | 30 iyul, 23:01

    ChatGPT’da bepul repetitor rejimi paydo bo‘ldi

    Dunyo | 30 iyul, 22:50

    Nozimaxon Davletova Prezident administratsiyasi rahbarining shartnoma asosidagi konsultanti etib tayinlandi

    O‘zbekiston | 30 iyul, 22:18

    G‘azoda bir kilogramm shakar narxi 100 dollargacha ko‘tarildi

    Dunyo | 30 iyul, 22:05

    “Manchester Yunayted” Onana o‘rniga munosib nomzod topdi

    Sport | 30 iyul, 21:58
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.