Avval xabar berganimizdek, “O‘zbekiston havo yo‘llari” Milliy aviakompaniyasi buyurtmasiga asosan tayyorlangan ikkita Boeing-787 Dreamliner samolyotining birinchisi 31-avgust, chorshanba kuni “Toshkent” xalqaro aeroportiga qo‘ndi. Uni uchuvchi-yo‘riqchi Iosif Zak, Boeing-787 parvoz otryadi komandiri Asad Tursunov, aviakompaniya bosh shturmani Stanislav Gurfinkeldan iborat ekipaj boshqardi.
UzDaily havo kemasini aeroportda tantanali kutib olish lahzalarini fotolavhalarga jamladi.
Izoh (0)