Rossiya iqtisodiyotidagi pasayish oxirgi uch oy mobaynida kuzatilayotgan bo‘lsa-da, iyulda yanada kuchaydi. Bu haqda mamlakat iqtisodiy rivojlanish vazirligi tomonidan e’lon qilingan monitoring natijalariga tayanib, “RBK” xabar berdi.
“Yalpi ichki mahsulot iyulda o‘tgan yilgiga nisbatan 0,7 foizga past bo‘ldi. May oyida bu ko‘rsatkich -0,6, iyunda esa -0,5 foizni tashkil etgandi”, — deyiladi hujjatda.
Oxirgi yetti oy davomida Rossiya iqtisodiyoti o‘tgan yilning shu davriga nisbatan jami 0,9 foizga pasaygani qayd etildi. Vazirlikka ko‘ra, yuzaga kelgan holat birinchi galda qayta ishlash sohasi va ulgurji savdodagi pasayish bilan bog‘liq.
Iyulda sanoat ishlab chiqarish indeksi ham iyunga solishtirganda 0,5 foizga tushib ketdi. O‘tgan oydagi inflyatsiya darajasi esa 0,5 foizni tashkil etdi.
Izoh (0)