AQShning Respublikachilar partiyasi tomonidan qattiq tanqidga uchragan Klintonlar oilasi fondi (Clinton Foundation) o‘z ishining bir qismini topshirish uchun sheriklar qidirmoqda. Bu haqda AQSh prezidentligiga Demokratik partiyadan nomzod Hillari Klinton MSNBC telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.
“Ba’zi dasturlarni yakunlash vaqt talab qiladi, va biz sheriklarni qidirish ularning samaradorligini kamaytirmasligiga ishonch hosil qilamiz. Aynan shu bilan hozir shug‘ullanmoqdamiz”, — deya qo‘shib qo‘ydi Klinton.
Klintonlarning xayriya fondi Bill Klinton tomonidan 2001-yilda, u Oq uyni tark etgach, tashkil qilingan edi. Fond 2 milliard dollarga yaqin mablag‘ jalb qilishga muvaffaq bo‘ldi, xususan, unga Klintonlar oilasining siyosiy tarafdorlari pul ko‘chirib o‘tkazdi. Mablag‘lar, masalan, Saudiya Arabistonidan ham kelib tushgan, bu Respublikachilar partiyasining tanqidiga uchragan. Siyosiy raqiblari sobiq davlat kotibini fond hisobiga pul ko‘chirish evaziga ba’zi shaxs va butun bir davlatlarga xizmat qilganlikda gumon qildi.
Izoh (0)