Kurdiston ishchi partiyasi (KIP) Turkiyaning Shirnoq viloyatida joylashgan Jizra shahrida maxsus bo‘linma shtab-kvartirasi yaqinida sodir etilgan portlash uchun javobgarlikni zimmasiga oldi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.
Partiya vakillariga ko‘ra, Jizradagi hujum turk rasmiylari umrbod qamoq jazosini o‘tayotgan partiya asoschisi va yetakchisi Abdulla Ojalanni borib ko‘rishni man etganiga javob bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, Jizradagi portlash oqibatida 11 kishi halok bo‘ldi, 78 kishi jarohatlandi.
Izoh (0)