AQSh Rossiyadan Suriya bo‘yicha muloqotda yon berishini talab etayotgani yo‘q. Bu haqda Oq uy matbuot kotibi Joshua Ernest ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”.
“Biz yon berilishiga erishayotganimiz yo‘q. Faqat Rossiya hukumati o‘zi oldinroq olgan majburiyatlarini bajarishini istaymiz. Ularning bundan yarim yil avval olgan majburiyatlari jangovar harakatlar to‘xtatilishiga tegishli”, — deya ta’kidladi Ernest.
Oq uy vakiliga ko‘ra, keyingi oylarda tajovuzkorona harakatlarni to‘xtatish bo‘yicha majburiyatlarning bajarilishi ko‘plab aholi punktlari, xususan, Aleppo atrofida yomonlasha boshladi. Shu munosabat bilan Ernest Moskvani “Asad tuzumi ta’siridan foydalanishni bilmaslik yoki bundan bosh tortish”da aybladi.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq AQSh Davlat kotibi Jon Kerri va Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Jenevadagi muzokaralarda Suriyadagi vaziyatni muhokama etayotgani ma’lum qilingandi.
Izoh (0)