BMT Xavfsizlik kengashi Shimoliy Koreya tomonidan 24-avgust kuni amalga oshirilgan ballistik raketa uchirilishini keskin qoraladi va Pxenyandan bunday xatti-harakatlardan tiyilishni talab qildi. Matbuot uchun bayonotda kengash a’zolari mamlakat rasmiylariga amaldagi sanksiyalar tartibi yanada kuchaytirilishi bilan tahdid qildi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Xavfsizlik kengashi raketa uchirilishini 2006—2016-yillarda qabul qilingan va Pxenyanga yadro quroli hamda ularni eltish vositalarini ishlab chiqish bilan bog‘liq har qanday faoliyatni taqiqlovchi 6 ta rezolyutsiyasining “qo‘pol tarzda buzilishi” deb baholadi. KXDR xalqaro hamjamiyat da’vatlarini butkul inkor etib, aprel oyidan beri yettinchi raketa sinovini amalga oshirganidan “jiddiy tashvish” bildirdi.
Izoh (0)