Suriyada quruqlikdagi harbiy operatsiyani boshlagan Turkiya o‘z harakatlarini BMT bilan muvofiqlashtirmagan. Bu haqda xalqaro tashkilot bosh kotibining rasmiy vakili Stefan Dyujarrik ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”.
Rasmiy vakil Anqaraning harakatlarini “bostirib kirish” deya baholadi.
“Men bostirib kirish haqidagi fikrimda qolaman. BMT bilan muvofiqlashtiruv bo‘lmagan. Biz hech bir tomon bilan harbiy harakatlarni muvofiqlashtirmaymiz”, — deya ta’kidlagan Dyujarrik.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq BMT Turkiyani Suriyadagi operatsiya davomida xalqaro me’yorlarga rioya etishga chaqirgandi.
Izoh (0)