KXDRning Vladivostok (Rossiya)dagi bosh konsulxonasi huzuridagi savdo vakolatxonasida ishlagan diplomat qochib ketdi, deya xabar bermoqda “TASS” Yonhap agentligiga tayanib.
Ayni paytda hodisa tafsilotlari oshkor qilinmayapti, bu iyulda sodir bo‘lgani ma’lum, xolos. Janubiy Koreya OAVlari taxmin qilishicha, voqea Koreya Respublikasidan siyosiy boshpana qidirgan KXDRlik diplomatlarning so‘nggi vaqtlarda amalga oshirgan ketma-ket qochishlari bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.
So‘nggi vaqtlar ichidagi eng shov-shuvli hodisa KXDRning Londondagi diplomatik vakolatxonasi maslahatchisi Txe Yon Xoning qochishi bo‘ldi.
OAVlar ma’lumotlariga ko‘ra, jami o‘ndan ortiq shimoliy koreyalik diplomat joriy yilning ilk olti oyi davomida Koreya Respublikasida siyosiy boshpanaga ega bo‘lgan.
Izoh (0)