BMT Xavfsizlik kengashi 24-avgust kuni Kobuldagi Amerika universitetiga amalga oshirilgan va 16 kishining, jumladan, sakkiz talabaning o‘limiga sababchi bo‘lgan qurolli hujumni qoraladi, deb yozadi “TASS”.
Xavfsizlik kengashi 25-avgust kuni tarqatgan bayonotida terakt uchun javobgarlarni odil sudga jalb qilish zarurligini ta’kidladi, shuningdek, mamlakatdagi vaziyat yuzasidan xavotir bildirdi.
Shu bilan birga, BMT Xavfsizlik kengashi “hech qanday zo‘ravonlik yoki terrorchilik harakati Afg‘onistonni tinchlik, demokratiya va barqararorlik yo‘lidan” chalg‘ita olmasligiga ishonch bildirdi.
24-avgust kuni Afg‘oniston poytaxtidagi o‘quv muassasasi darvozasi yonida xudkush terrorchi o‘zini portlatib yubordi, shundan so‘ng jangarilar universitet majmuasi hududiga kirdi. Keyinroq Afg‘oniston xavfsizlik kuchlari ikki jangarini yo‘q qilishga muvaffaq bo‘ldi.
Izoh (0)