AQShning taksi chaqirish servisini tashkil etgan Uber Technologies kompaniyasi 2016-yilning birinchi yarmi yakunlariga ko‘ra kamida 1,2 milliard dollar zarar ko‘rdi. Bu haqda “RBK” xabar bermoqda.
Uber Technologies oshkora kompaniya hisoblanmaydi, biroq har chorakda investorlarga o‘z ko‘rsatkichlarini ma’lum qilib boradi. Uber moliyaviy direktori Gautam Gupta investorlarga ikkinchi chorakda kompaniya zarari oshgani, hatto birinchi chorakda foyda ko‘rilgan AQShda ham zarar qayd etilganini bildirgan.
Bloomberg manbalariga ko‘ra, birinchi chorakda Uber ko‘rgan zarar (soliq va boshqa to‘lovlarsiz) 520 million dollarni tashkil etgan. Ikkinchi chorakda esa bu ko‘rsatkich 750 million dollarga yetgan (bundan 100 millioni kompaniyaning asosiy bozori — AQShga to‘g‘ri keldi).
Izoh (0)