Eron harbiy katerlari Ormuz bo‘g‘ozida xavfli darajada yaqinlashgan AQShning Nitze raketa esminetsi xalqaro suvlarda bo‘lgan, bunday harakatlarni esa oqlab bo‘lmaydi. Oq uy matbuot kotibi Joshua Ernest shu haqda ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”.
“Eron kemalarining maqsadi qanday bo‘lgani hozirgacha ma’lum emas, biroq ularning harakatini oqlab bo‘lmaydi. Ayniqsa, AQSh kemasi xalqaro suvlarda bo‘lganini hisobga olganda. Bunday hodisalar xavotir uyg‘otadi, keskinlik kuchayishiga olib kelishi mumkin”, — deya ta’kidlagan Ernest.
Pentagonning bildirishicha, Eron harbiy katerlari qayta-qayta ogohlantirishlarga qaramay, Nitze esminetsiga xavfli darajada yaqinlashgan, ulardan ikkisi 300 yardgacha (274 metr atrofida) kelgan. Shundan so‘nggina katerlar tezlikni kamaytirgan va kemadan uzoqlashgan.
Izoh (0)