Xitoyning Yunnan provinsiyasidagi qo‘riqxona xodimlari videokameralar yordamida asal o‘g‘irlashda gumon qilingan Himolay ayig‘ini aniqladi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
Mahalliy qo‘riqxonadagi asalari qutilari qo‘yilgan joyga hujum qilgan ayiq qutilardan birini olib ketdi va bir nechasiga shikast yetkazdi. Videolavhalarda ayiq quti og‘zini ochayotgani va u yerdan uchib chiqqan arilardan qochayotgani tasvirlangan.
Arilar tarqalib ketganiga ishonch hosil qilgach, ayiq qaytdi va qutilardan birini o‘zi bilan o‘rmonga olib ketdi.
Izoh (0)