Suriyaning Aleppo shahri va uning atroflarida ikki milliongacha bo‘lgan kishi gumanitar yordamga muhtojlik sezmoqda. Bu haqda BMT bosh kotibi rasmiy vakilining o‘rinbosari Farxan Haq ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”.
“BMT Aleppo va uning atrofidagi qishloq joylarida yashovchi 2 million kishining mushkul ahvolidan tashvish bildirmoqda. Shaharda, jumladan, iyul oyida mazkur hududga olib boruvchi yagona Kastello yo‘li bekilgach 270 minggacha bo‘lgan odam qamalda qolgan shahar sharqidagi gumanitar vaziyat o‘ta achinarli”, — deya ta’kidladi Farxan Haq.
Rasmiy vakil o‘rinbosarining bildirishicha, hukumat tomonidan nazorat etiladigan g‘arbiy Aleppoda ham vaziyat qoniqarli emas. BMT ma’lumotlariga ko‘ra, bu yerda 1,2—1,3 million kishi istiqomat qiladi.
Izoh (0)