Belgiyaning Gent shahridagi qahvaxonada otishma ro‘y berdi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Qahvaxona mijozlari bu yerda qurollangan kishi borligi haqida politsiyaga xabar berdi. Voqea joyiga kelgan huquq-tartibot xodimlari erkakdan qurolni topshirishni talab qildi, biroq u bundan bosh tortdi. Shundan so‘ng politsiyachilar unga qarata uchta o‘q uzdi.
Erkak tirik qolgan yoki yo‘qligi hozircha ma’lum emas. Politsiya va prokuratura hodisa tafsilotlarini o‘rganishga kirishdi. Qahvaxonada yuz bergan holat terakt emasligi bildirilmoqda.
Izoh (0)