Janubiy Koreyaning Kyonsan-Namdo provinsiyasi Chxanvon shahridagi harbiy-dengiz bazasida portlash sodir bo‘ldi, deb yozadi “TASS”. Oqibatda kamida bir kishi halok bo‘ldi, ikki kishi yaralandi, yana bir kishi bedarak yo‘qoldi.
“Ryonxap” agentligi armiyadagi manbasiga tayanib xabar berishicha, hodisa kichik suv osti kemasi ta’mirlanayotgan doklarda yuz bergan. Jabrlanganlardan biri og‘ir ahvolda, shu tufayli qurbonlar soni o‘sishi mumkin.
Ishchilardan birini portlash to‘lqini dengizga otib yuborgan, uni qidirish ishlari olib borilmoqda. Ta’kidlanishicha, halok bo‘lgan va yaralanganlar ofitser lavozimlarida ishlagan.
Izoh (0)