Rio—2016 Olimpiadasining 60 kilogrammgacha bo‘lgan sportchilar o‘rtasidagi boks musobaqasida ishtirok etayotgan o‘zbekistonlik Xurshid Tojiboyev o‘z yurishiga chorak finalda yakun yasadi.
Uning chorak finaldagi raqibi braziliyalik Robson Konseysan bo‘lib, mezbonlar vakili dastlabki ikki raundni o‘z foydasiga hal qilishga muvaffaq bo‘ldi.
Xurshid Tojiboyev boks musobaqasiga 1/16 finaldan qo‘shilgan bo‘lib, avvaliga qatarlik Hoqon Ershekerni 3:0 hisobida mag‘lub etgandi. 1/8 finalda esa u britaniyalik Jozef Kordinaga imkoniyat qoldirmagan.
Qayd etish kerak, Xurshid Tojiboyev Rio—2016 chiptasini Toshkentdagi musobaqa chempioniga aylanib, qo‘lga kiritgandi. O‘sha turnirda braziliyalik Robson Konseysan ham ishtirok etgan. Olimpiada esa braziliyalik sportchining qo‘li baland keldi.
Izoh (0)