11-avgust kuni 1979-yili aviahalokatga uchragan “Paxtakor” jamoasi vakillarini yodga olish tadbirlarini o‘tkazish an’ana tusiga kirgan, deya xabar beradi klub matbuot xizmati.
Mash’um halokatning 37 yilligi munosabati bilan soat 9:00 da “Paxtakor” stadioni hududidagi yodgorlik oldida to‘planib, halok bo‘lganlar xotirasi eslanadi. Keyin esa Botkin qabristoniga yo‘l olinadi.
Kun davomida jamoa a’zolari yodga olish bilan bog‘liq yana turli tadbirlar o‘tkazilishi mo‘ljallangan.
Izoh (0)