Daryo

Boks. Xurshid Tojiboyev Rio–2016 Olimpiadasining chorak finaliga chiqdi

Nimchorak finalda Xurshid Tojiboyev buyuk britaniyalik Yozef Kordinaga qarshi ringga ko‘tariladi

1 daqiqa o‘qish27 330 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: “Sports.uz”

Rio–2016 Olimpiadasining dastlabki kunida boks bo‘yicha -60 kilogramm vazn toifasida ishtirok etayotgan Xurshid Tojiboyev saralash bosqichida qatarlik Hakan Ereskerni mag‘lub etib, chorak finalga chiqdi. Bu haqda “Stadion.uz” xabar qilmoqda.

Foto: “Sports.uz”

O‘zbekistonlik bokschi uch raund davomida katta ustunlikka ega bo‘lib, raqibiga hech qanday imkoniyat qoldirmadi. Har uchala hakam ustunlikni Tojiboyevga berdi — 30:25, 30:27, 30:27.

Nimchorak finalda Xurshid Tojiboyev buyuk britaniyalik Yozef Kordinaga qarshi ringga ko‘tariladi.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar