Italiyalik mutaxassis Klaudio Ranyeri Angliyaning “Lester” futbol klubi bilan 4 yillik yangi shartnoma imzoladi. Bu haqda jamoa matbuot xizmati ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”.
Tomonlar o‘rtasidagi kelishuv 2020-yil iyunigacha mo‘ljallangan. Uning moliyaviy tomonlari oshkor etilmadi.
“O‘tgan mavsumda jamoaviy ruh va og‘ir mehnat tufayli misli ko‘rilmagan natijaga erishdik. Ishga bo‘lgan bunday munosabat bilan kelgusida ham muvaffaqiyatlarni qo‘lga kiritish mumkin. Yana bir necha yil o‘ziga xos energiyaga ega klubning bir qismi bo‘lib qolishimdan mamnunman va bundan faxrlanaman”, — deya ta’kidladi Ranyeri.
Ma’lumot uchun, “Yuventus”, “Roma”, “Napoli”, “Fiorentina”, “Inter”, “Atletiko”, “Valensiya”, “Chelsi” kabi klublarni boshqargan italiyalik mutaxassis 2015-yili “Lester”ni qabul qilib oldi. Jamoa o‘tgan mavsumda o‘z tarixida ilk bor Angliya chempioni bo‘ldi.
Izoh (0)