10-avgust, chorshanba kuni musobaqaning hal qiluvchi uchrashuvlari o‘tkazildi. 3-o‘rin uchun bahsda Olmaliqdan tashrif buyurgan yoshlar “Paxtakor-2”ni 1:0 hisobida dog‘da qoldirdi. Ikkinchi jamoa safida 2002-yilda tavallud topgan “Paxtakor” tarbiyalanuvchilari maydonga tushdi, deya xabar beradi klub matbuot xizmati.
Finalda esa klub tizimidagi ikki jamoa – “Paxtakor” va BO‘SM-16 jamoalari bahs yuritdi. Bellashuvda Stanislav Kudryashov boshchiligidagi “Paxtakor” 2:1 hisobida zafar quchdi. Final o‘yinidan so‘ng musobaqa sovrindorlarini taqdirlash marosimi o‘tkazildi. Har bir chiziq bo‘yicha turnirning eng yaxshi futbolchilari nomi aniqlandi.
Izoh (0)