Rio-de-Janeyrodagi yozgi Olimpiada o‘yinlarida 100 metrga chalqancha suzish bo‘yicha bronza medalini qo‘lga kiritgan xitoylik suzuvchi Fu Yuanxuey musobaqalardan keyin bergan intervyusida namoyon qilgan mimikasi tufayli internetda mashhur bo‘lib ketdi, deb yozadi “Korrespondent.net”.
Videoda 20 yoshli qiz masofani 59 soniya emas, 58,95 soniyada bosib o‘tgani haqida unga xabar qilingan faktdan quvonib ketadi. “Men butun salohiyatimni ochib tashladim”, — deydi sportchi qiz mamnun holda.
Yuz ifodasi orqali ko‘rsatgan his-hayajoni tufayli qiz Xitoyning Weibo ijtimoiy tarmog‘ida ommalashib ketdi. U yerga teletranslyatsiyadan kadrlar joylashtirilgach, Funing sahifasiga uch millionga yaqin foydalanuvchi obuna bo‘ldi.
Izoh (0)