AQShning Delta aviakompaniyasi parvozlar tiklanganini ma’lum qildi, biroq uchishlar kechiktirilishi, ayrim reyslar esa bekor qilinishi saqlanib qolmoqda. Bu haqda “Vedomosti” xabar bermoqda.
“8-avgust, mahalliy vaqt bilan 10:30 dagi holatga ko‘ra, Delta rejalashtirilgan salkam 6000 reysdan 800 tasini amalga oshirdi. Tizim tiklanmoqda, parvozlar bajarilishi boshlandi, biroq hozircha reyslar kechiktirilishi va bekor qilinishi davom etmoqda”, — deyiladi aviakompaniya xabarida.
Dunyodagi yirik aviakompaniyalardan biri bo‘lgan va 96 mamlakatdagi 400 dan ortiq aeroportga parvozlarni amalga oshiradigan Delta reyslari 8-avgust, dushanba kuni ertalab sodir bo‘lgan kompyuter tizimidagi nosozlik tufayli butun dunyo bo‘ylab kechiktirilgandi. Keyinchalik kompaniya nosozlikka o‘zining shtab-kvartirasi joylashgan Atlanta shahrida (Jorjiya shtati) elektr energiyasida uzilish sabab bo‘lganini ma’lum qildi.
Izoh (0)