Braziliya Federal senati (parlament yuqori palatasi) a’zolarining yarmidan ko‘pi 9-avgust, seshanba kuni avvalroq mamlakat prezidenti lavozimidan vaqtinchalik chetlashtirilgan Dilma Russeffga nisbatan impichment jarayonini davom ettirishni yoqlab ovoz berish niyatida, deb yozadi “TASS” senatorlar orasida o‘tkazilgan so‘rov natijalariga tayanib.
Yuqori palata vakillarining 44 nafari Russefning iste’fosini yoqlab ovoz berdi, 18 nafari qarshi chiqdi, 19 nafari esa o‘z qarorini ma’lum qilmadi. Senat impichment jarayonining yakuniy bosqichiga kirishishi uchun 81 tadan kamida 41 ta ovoz zarur bo‘ladi.
Braziliya qonunchiligiga muvofiq, jarayonning yakuniy bosqichida senatorlar Russeffga qarshi surilgan ayblovlarni yana bir marta tahlil qiladi, himoya tomoni va guvohlarni tinglaydi, so‘ng prezident iste’fosi masalasi bo‘yicha qaytadan ovoz beradi. Yakuniy hukm avgust oxiri — sentabr boshida chiqarilishi kutilmoqda.
Izoh (0)