2012-yilda AQShning Bengazi (Liviya)dagi elchixonasiga uyushtirilgan hujumda halok bo‘lgan ikki amerikalikning ota-onalari Demokratik partiyadan AQSh prezidentligiga nomzod Hillari Klintonni sudga berdi, deb yozadi “Gazeta.ru”.
Da’vo arizasida marhumlarning ota-onalari Klintonni ularning o‘g‘illarining o‘limiga olib kelgan g‘ayriqonuniy xatti-harakatlarda, shuningdek, tuhmat va ma’naviy zarar yetkazganlikda aybladi.
Bundan tashqari, hujjatda taxmin qilinishicha, Klinton tomonidan shaxsiy elektron pochta ishlatilgani Smit va Vudsning o‘limiga olib kelgan: bu jangarilarga elchi Kristofer Stivensning qayerda ekanligidan xabar topishda yordam bergan bo‘lishi mumkin.
AQShning Bengazidagi elchixonasiga 2012-yil 11-sentabrda hujum uyushtirilgan, natijada AQSh elchisi va diplomatik vakolatxonaning yana uch xodimi halok bo‘lgandi.
Izoh (0)