Rossiyaning Perm viloyatida shifokorlar 23 yoshli qizni klinik o‘limdan qariyb to‘qqiz daqiqa o‘tib, hayotga qaytarishga va tiniq ongini qayta tiklashga muvaffaq bo‘ldi, deb yozadi TJournal.
Ta’kidlash joiz, tibbiy darsliklarda qayd etilishicha hamda shifokorlar hisob-kitoblariga ko‘ra, “o‘lishni ortga qaytarish mumkin bo‘lgan bosqich” 5—7 daqiqadan uzoq davom etmaydi.
Qiz “yiqilib tushib, nafas olmay qo‘ygan” holatda tez yordam chaqirishadi. Yetib kelgan shifokorlar unda klinik o‘limni qayd etib, u 8,5 daqiqa davom etganini aniqlaydi. Tez yordam brigadasi jonlantirish tadbirlarini olib boradi va qizni shahar statsionariga yetkazadi. Uning yurak faoliyatini tiklay olishadi, ammo bemor hushiga kelmaydi va chuqur komaga tushib qoladi.
Biroz vaqtdan so‘ng bemor qiz bilan nevrologlar, reabilitologlar, kineziterapevtlar (davolovchi jismoniy mashqlar bilan shug‘ullantiradi), psixologlar, logopedlar ishlab, asab tizimi, sezgi organlari faoliyatini yaxshilash uchun kompleks terapiya olib bordi, unga yutinishni, gapirishni qaytadan o‘rgatishdi. Ikkinchi haftadayoq qizda yaxshi tomonga o‘zgarishlar qayd etildi.
Hozircha qizda xotirasi bilan bog‘liq muammolar bor — u 18 yoshidan keyingi voqealarni eslay olmaydi.
Izoh (0)